Yaqin 5 yil ichida sezilarli global isish yuz berishi taxmin qilindi
Buyuk Britaniya meteorologik xizmati yaqin 5 yil ichida Yerdagi o‘rtacha yillik harorat sanoatgacha bo‘lgan davrga (1850-1900) nisbatan 1,5 darajaga oshishini hisoblab chiqdi.
Hisobotda aytilishicha, 2018 yildan 2022 yilgacha davr ichida kamida bir yil ichida o‘rtacha harorat 1,5 darajadan oshishi ehtimoli 10 foizni tashkil qiladi. Britaniyalik mutaxassislar bunday sezilarli global isishni ilk bor prognoz qilmoqdalar. Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi global isishni sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 2 daraja, idealda esa 1,5 daraja saqlab turishni talab qiladi.
Ta'kidlash joizki, britaniyalik meteorologlar prognozida o‘rtacha yillik haroratning vaqtinchalik o‘zgarishi haqida aytilmoqda. “Hozir biz o‘rtacha harorat 1,5 darajadan vaqtinchalik oshishiga kichik, biroq real imkoniyatni ko‘rmoqdamiz, biroq biz Parij kelishuvida bu darajaga uzoq muddatli istiqbolda erishish haqida gapirilganini yodda tutishimiz kerak”, deb aytdi Buyuk Britaniya meteorologik xizmati vakili Dag Smit. Biroq shunga qaramay, ushbu tendensiya hodisalarning bunday tus olishi ehtimoli kattaligidan darak beradi. Avvallari haroratning vaqtinchalik o‘zgarishi Tinch okeanidagi El-Nino kabi hodisa bilan mos tushgan.
Professor Skayfening aytishicha, issiqxona gazlarining uzoq vaqt chiqarilishi yaqin yillarda o‘rtacha haroratning 1,5 darajadan ko‘proqqa oshish imkoniyatini ko‘paytiradi.
Kompyuter modellarining ko‘rsatishicha, global isishning ehtimoliy oqibatlari orasida muzliklar erishi, okeanlarning oksidlanishi, sayyoramizning chorak qismiga ta'sir qiladigan qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va ko‘plab jonzotlarning ommaviy yo‘q bo‘lib ketishi kabi hodisalar bor. Shuningdek, sohilbo‘yidagi shaharlar suv ostida qolishi xavfi mavjud. Bularning barchasi gumanitar inqiroz boshlanishiga olib keladi.
Ekseter universiteti mutaxassislarining yaqinda chop etgan hisobotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi oqibatlari bo‘yicha eng noxush prognozlar yuz berishi dargumon, chunki o‘rtacha harorat ko‘tariladi, biroq falokatli tarzda emas.
Mavzuga oid
20:03 / 27.08.2024
BMT rahbari global isish Tinch okeanidagi orol davlatlarga xavf solayotganini ma’lum qildi
20:53 / 04.05.2024
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
21:34 / 09.01.2024
2023 yil tarixdagi eng issiq yil sifatida rasman tan olindi
13:21 / 17.12.2023