Internetdagi botlar özini har xil kompaniyalar vakillari sifatida körsatib, odamlarning pulini şilişga urinadi, tonnalab spam tökadi. Bad Bot Report naşri xabar berişiça, faqatgina 2023 yilning özida tarmoqdagi botlarning uluşi 49,6 foizni taşkil etgan, bu deyarli barça foydalanuvçilarning yarmiga teng. Uşbu körsatkiç muntazam ösib bormoqda.

Ammo bunday zararli trafikning internetdan taşqarida yanada jiddiyroq muammolarga — Yer yuzidagi iqlim inqirozi kuçayişiga olib kelişi heç kimning xayoliga kelmaydi. Hozirgi kunda sayyoradagi barça global çiqindilarning taxminan 7,4 foizi internet tarmoğiga töğri keladi, bunday çiqindilar ajralişida odamlarning uluşi 50 foiz ham çiqmaydi. Taqqoslaş uçun, barça dengiz taşuvlari atigi 3 foiz ifloslanişga sabab böladi, aviatsiya hissasi esa 2,5 foizga ham yetmaydi.

Texnologiyalar insoniyatning jamoaviy hamkorligini yaxşilaş maqsadida yaratilgan. Biroq hozirgi kunda internet infratuzilmasidan mas’uliyatli va samarali tarzda foydalanilmayapti. Bu tartibga solinmagan, jadal rivojlanayotgan bozor. Unda atigi 20 megavattlik bitta ma’lumotlarni qayta işlaş markazi Nauru davlati aholisi iste’mol qiladigan elektr energiyasi hajmiga teng quvvat sarflaydi.

Bunday holat 10 yil avval ham kuzatilmagan, vaholanki öşa paytda transport va aviatsiyani dekarbonizatsiya qiliş masalasi e’tiborni torta boşlagan edi. Hozirgi kunda botlar bilan boğliq energiya isrofi aql bovar qilmas darajaga yetgan. Bu resurslarning insoniyatga heç qanday sezilarli naf keltirmasdan behuda sarflanişidir — faqatgina aholining muayyan qismi axborot çiqindilari hisobiga boyib boradi.