Jahon | 16:13 / 02.02.2018
5967
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh hukumatining fikricha, Suriyada yangi kimyoviy qurol ishlab chiqilmoqda - OAV

Foto: RIA "Novosti"

AQSh hukumatining xavfsirashicha, Suriya hukumati yangi kimyoviy qurol hamda uni qo‘llash uchun yangi vositalarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Reuters va Associated Press agentliklari nomi oshkor etilmayotgan manbalarga asosan xabar berdi.

Aytilishicha, Vashington kimyoviy qurol Suriyadan tashqarida tarqatilishi imkoniyatidan jiddiy tashvishda. Anonim amaldorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi zaharlovchi moddalarni kichik hajmlarda qo‘llashda davom etayotganiga ishonmoqda.

Har ikki agentlik manbalari ma'lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada kimyoviy qurol ishlab chiqilishiga javoban harbiy harakatlarni istisno etmayapti.

Ekspertlar ma'lumotiga qaraganda, Suriyada kimyoviy qurol so‘nggi 6 yilda 30 martadan ko‘proq qo‘llangan. Bashar Asad rejimi kimyoviy hujumlarga aloqador ekanini rad etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid