17:41 / 02.02.2018
28821

Foto: Hindistonda tengsiz bo‘lgan bokschilar Toshkentga qaytdi

5ta oltin va 2ta kumush medal olib, Indian Open turnirida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi.

Toshkent aeroportida ularni muxlislar va sportchilarning yaqinlari kutib olishdi.

Terma jamoa asosiy tarkibining bir qator bokschilari Hindistonga yuborilmagandi. Shunga qaramay, O‘zbekiston delegatsiyasi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 10 nafar bokschi bilan musobaqaga kirishgan O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili finalga chiqdi.

Ushbu turnirda muxlislar yangi nomlarni o‘zlari uchun kashf qilishdi. Finalda 52 va 56 kilogramm vazn toifalarida ringga ko‘tarilgan Xudoynazar Fayzov hamda Abdulhay Shorahmatov hindistonlik va mo‘g‘ulistonlik raqiblarini yengib, chempion bo‘lishdi. Terma jamoaning yangi yetakchisiga aylanayotgan Isroil Madrimov (75 kg) esa kubalik charm qo‘lqop ustasi Estrada Iglesiasga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, shuningdek, Bobousmon Boturov (69 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) o‘z janglarida g‘alaba qozondi.

Iqbol Xoldorov (-64 kg) va Sanjar Tursunov (91 kg) kumush bilan kifoyalandi.

Mironshoh Ibragimov (49 kg) nimchorak finalda, Sherbek Rahmatullayev (60 kg) va Laziz Mullajonov (+91 kg) esa chorak finalda turnirni tark etgandi.

Mavzuga oid
Top