Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sochida butunjahon boks forumi, G‘ofur Rahimov va O‘zbekiston vakillari ham o‘sha yerda
Rossiyaning Sochi shahrida payshanba kuni jahondagi yetakchi boks tashkilotlari ishtirokida birinchi xalqaro boks forumi ochildi. Forum doirasida professional boksdagi asosiy tashkilotlar direktorlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Forumda yetakchi boks tashkilotlari – Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Butunjahon boks kengashi (WBC), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks tashkiloti (WBO) vakillari qatnashmoqda.

Tadbirda 130dan ortiq davlatlar vakillari ishtirok etayapti. Rasmiy dastur ishtirokchilari orasida – WBC rahbari Maurisio Sulaymon, WBA prezidenti Xilberto Mendosa, AIBA vaqtinchalik prezidenti G‘ofur Rahimov, IBF rahbari Deril Piplz, uch karra olimpiya chempioni va olti karra jahon chempioni kubalik Feliks Savon, jahon chempioni Gennadiy Golovkin bor.
Shuningdek, tadbirda jahonning ko‘zga ko‘ringan charmqo‘lqop ustalari, mutaxassislar qatorida O‘zbekistondan ham bir qator vakillar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vitse prezidenti Muhammadqodir Abdullayev, bosh direktor Nabijon Ismanov, "Temurlang" promouterlik klubi rahbari Xusrav Nasrullayev, Olimpiada chempionlari Hasanboy Do‘stmatov va Shahobiddin Zoirovlar shular jumlasidan.


O‘zbekiston vakillari Feliks Savon, Gennadiy Golovkin, 50 dan ortiq Olimpiada chempionlari va AIBA’ning hozirgi kundagi prezidenti G‘ofur Rahimov bilan uchrashib, o‘zaro fikr almashdilar.

Mavzuga oid
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026