Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik Yelena Smolyanova Osiyo chempionatida yadro uloqtirish buyicha oltin medalni qo‘lga kiritdi
Eron poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Yelena Smolyanova yadro uloqtirish musobaqalarida eng yaxshi natijani (15.54 m) qayd etib, oltin medal sohibasiga aylandi. Bu haqida Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga xabar berdi.
Yelena Smolyanova - yengil atletika bo‘yicha sport ustasi. U 2004 yildan buyon yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi.
Smolyanova 2009 yilda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan T.Kolpakova xalqaro musobaqasida 1-o‘rinni (oltin medal) egallagan.
2010 yilda Qozog‘istonning Olmaota shahrida memorial G.Kosanova xalqaro musobaqasida 3-o‘rinni (bronza) egallagan.
2011 yilda ham Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan memorial G.Kosanova xalqaro musobaqasida 1-o‘rin (oltin medal) sohibasi bo‘lgan.
2012 yilda London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi.
2014 yil Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Olimpiya chempioni T.Kolpakova sovrini uchun Xalqaro musobaqada 1-o‘rinni (oltin medal) egallagan.
2017 yil Ashxobod (Turkmaniston) shahrida bo‘lib o‘tgan Yopiq inshootlarda va jang san'ati bo‘yicha V o‘yinlarda kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Ta'kidlash joizki, 1-3 fevral kunlari Tehron shahrida yopiq inshootlarda Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekistondan 10 nafar sportchi qatnashmoqda. Kecha balandlikka sakrash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda sportchimiz Nadiya Dusanova eng yuqori natijani qayd etib, bellashuv g‘olibi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026