Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Xitoy ekspansiyasi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Tojikistonda Xitoyning hech qanday ekspansiyasi (imperialistik davlatlarning yangi hududlarni bosib olishga intilishi) yo‘q. Bu haqda Tojikiston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori birinchi o‘rinbosari Sayfullo Safarov maxsus brifingda ma'lum qildi.
«Tojikistonda Xitoyning hech qanday ekspansiyasi yo‘q, bizda – strategik hamkorlik, biz do‘stmiz va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi», - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Sputnik Tojikiston».
Uning ta'kidlashicha, Tojikiston Rossiya, Xitoy va AQSh bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, tashqi siyosatni muvozanat saqlab turibdi.
Safarovning qayd etishicha, tog‘-kon sanoati, ayniqsa, qimmatbaho metallarni qazib olishda ba'zi yon bosishlarsiz rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.
«Biz Rossiya, Qozog‘iston va Fransiyaga tog‘-kon sanoatini o‘zlashtirish taklifi bilan chiqdik, biroq faqat Xitoy bilan kelishuvga erishildi», - deya aytib o‘tdi u.
Ma'lumot uchun, Tojikiston janubida so‘nggi bir necha yil davomida xitoylik fermerlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish uchun faol ravishda yerlar ajratib berilmoqda.
Mavzuga oid
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026