Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlariga nima sabab bo‘lgani aytildi
Foto: RIA "Novosti"
Ozarboyjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkazilishiga sabab – ovoz berish sanasi bilan bir muddatga to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan tadbirlardir. Bu haqda mamlakat prezidentining tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Ali Gasanov ma'lum qildi.
Mamlakat rahbari Ilhom Aliyev dushanba kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini 11 aprelda o‘tkazish haqidagi farmoyishni imzoladi. Avval saylovlar 17 oktabrga rejalashtirilgandi. “Yangi Ozarboyjon” hukmron partiyasi ijrochi kotibi Ali Ahmedovning xabar berishicha, partiya amaldagi prezidentni nomzod sifatida ko‘rsatadi.
"Ma'lumki, Ozarboyjon Konstitutsiyasiga ko‘ra, saylovlarni 17 oktabrda o‘tkazish rejalashtirilgandi. Biroq mamlakatimizda maydan boshlab xalqaro darajadagi tadbirlar o‘tkaziladi. Tadbirlarning aksariyati yil oxiriga rejalashtirilgan va saylovlarga to‘g‘ri kelardi", - deyiladi Gasanovning bayonotida.
Ozarboyjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi
Ma'lumot uchun, Ilhom Aliyev Ozarboyjon prezidenti lavozimiga uch marta saylangan. 2016 yilning sentabrida konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Ozarboyjon prezidenti yetti yilga saylanadi.
Mavzuga oid
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026
“Isroil boshqalar qo‘li bilan urushni kengaytirmoqchi” – siyosatshunoslar
17:59 / 09.03.2026