Jahon | 13:26 / 05.02.2018
16466
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi

Foto: RIA "Novosti"

Ozarboyjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda davlat rahbari saytidagi hujjatda aytiladi.

«Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev dushanba kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovini e'lon qilish haqidagi farmoyishni imzoladi, u 2018 yilning 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadi», - deyiladi hujjat matnida.

Farmoyishga ko‘ra, mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga saylov kodeksiga muvofiq navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini tashkil etish vazifasi yuklandi.

Ozarboyjonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yilning oktabrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid