Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda havo sharida stratosferaga odam uchirilmoqchi
Foto: Pinterest.com
Singapurlik olimlar ilk bor birinchi boshqariluvchi havo sharini uchirishmoqchi. Havo shari stratosferaga odam yetkazadi, deb ma'lum qildi havo sharini ishlab chiqqan kompaniya In.Genius rahbari Lim Sen. Bundan tashqari, uning aytishicha, parvoz uchun 26 nomzodan biri tanlab olingan.
G‘oyaga ko‘ra, uchuvchi ulkan havo shariga mahkamlanadigan maxsus kapsula – stratostatda havoga ko‘tariladi. Kapsulada barqaror bosim va 25-17 daraja harorat ushlab turiladi. Bu uchuvchiga dengiz sathidan 19200 metr balandlikka ko‘tarilishga yordam beradi. Maxsus moslamasiz bunday balandlikda odamning qoni qaynab ketishi mumkin.
Ushbu loyihani 2015 yilda Singapur tashkil topganining 50 yilligiga bag‘ishlab amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Biroq nimadir risoladagidek ketmay, kompaniya stratostatni qurishni yakunlay olmagan va fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasining uchishga ruxsatini ololmagan. Bir yildan keyin uchuvchisiz sinov kapsulasi havo shari yordamida uchirilgan, keyinroq esa stratosferaga sichqonlar yuborilgan. Sichqonlar stratosferada 1,5 soatcha bo‘lgan.
Hozir esa uchuvchi navbati keldi. Havo shari Avstraliyaning Alis-Springs shahri yaqinidan uchiriladi. Loyiha qiymati 7,6 mln dollarga baholangan.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
14:42 / 25.09.2025