Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ikki voyaga yetmagan shaxsni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi
Foto: IIV
O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shohruh G‘iyosovning ma'lum qilishicha, bugungi kunda Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistondagi hamkasblar bilan idoraviy Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etilgan.
“Natijalar esa hayratga solarli. Masalan, o‘zbek xalqini dahshatga solgan voqea, ya'ni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida sodir etilgan Amanovlar oilasi a'zolari, jumladan ikki voyaga yetmaganlarning vahshiyona o‘ldirib ketilishi bilan bog‘liq hammaga ma'lum rezonans jinoyat. Ushbu og‘ir va vahshiyona jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs, respublikamiz fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali uchinchi davlatlarda odil sudlovdan qochishga uringan. Aynan mana shu idoraviy guruhning ishi jinoyatchini tezkorlik bilan, benuqson ravishda qo‘lga tushirishga yordam berdi”, - deya aytib o‘tdi Sh.G‘iyosov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Qirg‘iziston, Turkmaniston, Belarus, Ozarboyjon va kelajakda Afg‘oniston, Pokiston va Turkiya kabi davlatlar bilan shu kabi guruhlarni tuzish masalalari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026