Jahon | 11:10 / 07.02.2018
6438
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlar AQShga 45 mlrd dollarga tushadi

Foto: Reuters

2018 yilda Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlar AQShga 45 mlrd dollar tushadi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirining Osiyo va Tinch okeanidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Randall Shriver ma'lum qildi.

Bu miqdor o‘z ichiga Afg‘onistondagi Amerika armiyasiga 13 mlrd dollarlik xarajatlar, afg‘on harbiylariga xarajatlar – 5 mlrd dollar, shuningdek, iqtisodiy hamda logistik ehtiyojlar uchun 780 mln dollarni qamrab oladi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Shu bilan birga, Shriverning fikricha, Afg‘oniston tahdidlar bilan mustaqil ravishda kurashishdan hali ancha uzoq, u yerda 17 yildan beri «Tolibon» harakati bilan urush davom etmoqda.

«Bizning Afg‘oniston, mintaqadagi xavfsizlik bo‘yicha manfaatlarimiz afg‘on hukumatini toliblar bilan kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli darajada», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi vaqtda ancha yomonlashdi. Radikal guruhlar hujum haqida e'lon qilishdi va Kobul hamda xorijiy qo‘shinlarga qarshi qo‘poruvchilik faoliyatini faollashtirishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid