O‘zbekiston | 19:10 / 07.02.2018
20802
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim tog‘li hududlarda marshrutkalar harakatlanishiga qo‘yilgan taqiq bekor bo‘ladi

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, xususan, Qamchiq dovonida sig‘imi 15 kishigacha bo‘lgan transport vositalarida harakatlanishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga asoslanib xabar berdi.

Qo‘mita raisining ma'lum qilishicha, bu taqiqni bekor qilish orqali sayohatchilarga tog‘li hududlarga sayohat qilishda qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan.

Endilikda, Qamchiq dovoni orqali furgon ko‘rinishidagi avtomobillarda vodiy viloyatlariga erkin o‘tish, shuningdek, Zominga shunday avtomobillarda sayyohlik turlari amalga oshirish mumkin. Bunda maxsus ruxsatnomalar ham talab qilinmaydi, yagona talab sayohatga chiqqan transport vositasida GPS bo‘lishi kerak.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid