23:53 / 07.02.2018
21960

AQSh Afg‘oniston va Tojikiston chegarasidagi jangarilar bazalariga zarba berdi

Foto: AP Photo / Rodrigo Abd

AQShning srategik bombardimonchi samolyotlari Afg‘onistonning Tojikiston va Xitoy bilan chegarasidagi “Sharqiy Turkistonning islom harakati” va toliblar bazalariga zarba berdi. Bu haqda NATOning Afg‘onistondagi harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Jyeyms Xeker jurnalistlarga ma'lum qildi.

“AQSh qurolli kuchlari oxirgi hafta davomida “Tolibon” va IShIDning Badaxshon viloyatidagi mashg‘ulot bazalariga qarshi havo operatsiyalarini o‘tkazdi. Bu terrorchilarga Xitoy va Tojikiston bilan chegarada harakatlarni amalga oshirishda xalaqit qildi”, deb aytgan Xeker.

Uning aytishicha, afg‘on harbiylaridan o‘g‘irlanib, teraktlar uchun “harakatlanuvchi bombalar”ga qayta jihozlangan avtomobillar yo‘q qilingan.

Zarbalar berishda V-52 Sratofortress strategik bombardimonchilaridan ham foydalanilgan. Xekerning aytishicha, 24 ta yuqori aniqlikdagi snaryad tashlangan.

Generalning aytishicha, AQSh koalitsiyasi haftasiga 25 taga yaqin, afg‘on kuchlari esa taxminan ikki marta ko‘proq parvoz amalga oshiradi.

Xekerning ta'kidlashicha, uyg‘urlarning Xitoyda joylashgan “Sharqiy Turkistonning islom harakati”ga zarba berilmagan, gap bu guruh va toliblar tomondan qo‘llanuvchi mashg‘ulot lagerlari haqida ketgan. 

Mavzuga oid
Top