Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘tgan «Avtopatrul» reydida qator qoidabuzarliklar aniqlandi
Foto: Samarqand IIB
Samarqand viloyati hududida yo‘l transporti hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida viloyat IIB YHXB tomonidan “Avtopatrul” reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida xodimlarning asosiy e'tiborlari yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblangan mast holda transport vositasini boshqargan haydovchilarni aniqlashga qaratildi.
Shuningdek, o‘tkazilgan “Avtopatrul” reyd tadbiri davomida jami 952 ta, shundan 559 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 126 ta mast holda, 141 ta tegishli hujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarish bilan bog‘liq, 2 ta tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, 17 ta quvib o‘tish qoidasini buzish, 103 ta odam tashish qoidasini buzish, 32 ta svetafor va chorrahalardan o‘tish qoidasini buzish, 112 ta yo‘l belgisiga amal qilmaslik, 274 ta xavfsizlik kamaridan foydalanilmaslik, 124 ta belgilangan tezlikni oshirish, 19 ta telefondan foydalanish, 2 ta transport vositasini harakat oqimiga qarama-qarshi boshqarish qoidabuzarliklari aniqlanib, 269 ta transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.
Mavzuga oid
15:54 / 25.05.2026
«HUMO VIZA» markazi rahbari va ish boshqaruvchisi qamoqqa olindi
11:20 / 25.05.2026
Maqsad pulni aylantirish(mi?) – samarqandcha "xorijda ish" sxemasidan odamlar jabrlanmoqda
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:45 / 14.05.2026