Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Levin Toshkentda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishni muhokama qildi
Foto: Tashqi savdo vazirligi
6 fevral kuni Tashqi savdo vazirligida Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari S.Levin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
S.Levinning ta'kidlashicha, 2017 yilning aprelida bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi uchrashuvlar, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi rivojlanishga yangi turtki berdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, jumladan, ikki mamlakat o‘rtasida tuzilgan «Yashil koridor» doirasida Rossiya bozoriga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. Xususan, o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini 2-3 barobar oshirish salohiyati ta'kidlandi.
Bundan tashqari, uchrashuv chog‘ida EKSPO-2025 xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazishga nomzod shahar – Yekaterinburgning taqdimoti Rossiya delegatsiyasi tomonidan o‘tkazildi.
Mavzuga oid
09:02 / 12.03.2026
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
08:00 / 20.02.2026
Xitoyning 2025 yilgi savdo xaritasi: AQSh yetakchi, Osiyo tezlashmoqda
13:40 / 31.01.2026
Toshkent va Farg‘ona savdo xizmatlarida yuqori ko‘rsatkich qayd etdi
09:31 / 28.01.2026