Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi maktab internatda “bomba” borligi haqida yolg‘on xabar berishdi
5 fevral kuni soat 18:18larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani Aviasozlar 3-daha 3-yotoqxonada yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan L.K. mast holda shu daha 1-uyda joylashgan 103-sonli Aqli zaiflar maktab internatida o‘qiyotgan o‘g‘li I.V.ni uyiga olib ketgani internatga kelganida internat rahbariyati uni mast holda bo‘lganligi uchun olib ketishiga ruxsat bermagan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Shundan so‘ng L.K. Toshkent shahar IIBB “102” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, yuqoridagi maktab internati hududida “bomba” bor, deb yolg‘on xabar bergan.
Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga tuman IIB va huquqni himoya qiluvchi boshqa idora xodimlari yetib kelib maktab internat hududini tekshirilganlarida hech qanday portlovchi moddalar va shubhali buyumlar topilmagan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yolg‘on xabar bergan L.K. ushlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026