16:20 / 07.02.2018
9908

Tojikistonda 30 yoshga kirgan shaxslar endi prezident sifatida saylanishi mumkin

Foto: News.tj

Tojikistonda endi 30 yoshga to‘lgan shaxslar prezident yoki mamlakat parlamenti yuqori palatasi a'zosi sifatida saylanishi mumkin.

Tojikiston parlamentining quyi palatasi bugun “Tojikiston Respublikasi prezidenti saylovi to‘g‘risida” va “Tojikiston Respublikasi parlamenti saylovlari to‘g‘risida”gi qonunlarga tuzatishlarni ma'qulladi.

Tuzatishlar yosh chegarasiga taalluqli bo‘ldi, unga ko‘ra, endilikda 30 yoshga to‘lgan shaxslar mamlakat prezidenti yoki Tojikiston parlamenti yuqori palatasi a'zosi etib saylanishi mumkin.

“Prezident saylovlari to‘g‘risida”gi qonunga yana shunday tuzatish kiritildiki, unga ko‘ra prezidentlikka rasman ro‘yxatdan o‘tgan nomzodning qo‘lga olinishi yoki hibs qilinishi faqat respublika Markaziy saylov komissiyasi ruxsati bilan ro‘y berishi mumkin.

Bundan tashqari, ko‘rsatilgan qonunning yangi normalariga muvofiq, prezidentlik saylovlarini xorijiy davlatlar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan moliyalashtirilishi taqiqlanadi.

“Parlamentga saylovlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan tuzatishlar bilan shunday norma o‘rnatilmoqdaki, Tojikiston parlamenti quyi palatasi deputatligiga nomzod so‘nggi besh yil davomida mamlakat hududida istiqomat qilishi kerak. Parlament yuqori palatasi a'zoligi uchun nomzodga bu muddat yetti yilni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top