Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston Bosh prokuraturasi jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori O.Murodov Tojikiston Respublikasi bosh prokurori Yu.Rahmon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligida amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimini isloh qilish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan choralar haqida ma'lumot berildi.
Mazkur sohada olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar doirasida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi va boshqa muhim hujjatlar qabul qilinganligi ta'kidlandi.
Huquqiy davlatni shakllantirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratishda prokuratura organlarining tutgan o‘rni alohida qayd etildi.
Aniq mexanizmlarni joriy qilish yo‘li bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish hamda mintaqada xavfsizlik va huquq-tartibotni ta'minlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Axborot-tahlil multimedia markazi, shuningdek, Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi hamda Qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi faoliyati bilan tanishdilar.
Tojikiston Respublikasi bosh prokurori Yu.Rahmon samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, bo‘lib o‘tgan muloqotdan mamnunligini, uchrashuv o‘zaro huquqiy munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga turtki bo‘lishini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda chegara hududidagi prokuraturalarning o‘zaro hamkorligi masalalarida huquqiy yordam va hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.
Bitimni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar haqida kelishuvlar belgilandi.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
09:30 / 26.02.2026