“Nohaq ayblaşdi” – Samarqandda sobiq IIB xodimi Oliy suddan adolat kutyapti
|14:30 / 26.02.20265 62211 min
Hozirda ta’lim sohasida işlaydigan sobiq IIB xodimi Tal’at Şodmonovga köra, u prokuror örinbosariga aloqador odamlarni “bezovta” qilib qöygani ortidan bosimga uçragan. Ma’lum qilişiça, qonuniy işlaganiga qaramay unga nisbatan jinoiy iş oçilib, iş sudgaça borgan. Sudda esa işni unga bosim qilgan prokuror örinbosarining dösti bölgan sudya körgan.
Voqealar qanday boşlandi?
Tal’at Şodmonovning aytişiça, u 2015-2016 yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Toşkent va Zarafşon mahallalarida profilaktika inspektori bölib işlagan. Öşa paytda hududlarda IIB xodimlari va boşqa soha vakillaridan iborat işçi guruhlar taşkil qilinib, turli xatlov işlari va jamoat tadbirlariga jalb qilingan.
Şunday tadbirlardan birida xalq ta’limi bölimi (hozirgi maktabgaça va maktab ta’limi bölimi)dan işçi guruhga biriktirilgan xodim qatnaşgan, biroq xatlov jarayonida iştirok etmagan. Şundan söng Şodmonov işçi guruh rahbari sifatida pedagog haqida xalq ta’limi bölimiga bildirgi kiritgan.
Şodmonovning aytişiça, voqealar ana şu yerdan “keskin tus ola” boşlagan. U öşa paytda Jomboy tumani prokurori örinbosari bölib işlagan Erkin Hayitov xonasiga çaqirtirilgan. Inspektor prokuror xonasiga kirganida, u yerda xatlovga çiqmagan pedagog ham bölganini aytadi. Uning ta’kidlaşiça, prokuror örinbosari tahdid va haqorat bilan gap boşlagan. Pedagog qöşnisi, tanişi ekanligini iddao qilib, inspektorga tanbeh bergan.
Şodmonov öz vazifasini bajarganini, jamoat işiga biriktirilgan xodim kelmagani uçun bildirgi kiritganini aytgan. Sobiq inspektorning sözlariga köra, şundan keyin prokuror örinbosari “sen oddiy uçastkavoysan, kimsan özi, hali sen bilan gaplaşaman”, deb çiqarib yuborgan.
Şodmonov bu kabi holat yana takrorlanganini ta’kidlaydi. Jumladan, mahalla mas’ullari bilan birga ijara şartnomasisiz uy bergan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirib, soliq idorasiga topşirganidan keyin ham prokuraturaga çaqirilgan. Uning aytişiça, prokuror örinbosari mazkur fuqaroni “özimizdan” deb atab, nega bayonnoma tuzilganini söragan va uni bekor qilişni talab qilgan. Inspektor qonuniy harakat qilganini aytgaç, yana tahdid bilan xonadan çiqarib yuborilgan.
Şodmonovning sözlariga köra, Hayitov “qarab tur, men sening pogoningni yeçaman” degan mazmunda tahdid qilgan va ana şundan söng u haqiqiy bosimni his qilgan.
“Prokurorça tuzoq” iş berdi”
Mavzuga oid
Bir muddat ötib, prokuraturadan IIBga xat keladi. Unda Zarafşon mahallasidagi qöriqxona hududida Jamşid Dölanov ismli fuqaro noqonuniy yaşab kelayotgani sababli ma’muriy javobgarlikka tortiş söralgan. Uşbu mahalla hududiy jihatdan Şodmonov nazoratida bölgani uçun işni u örgangan. Guvohlar, mahalla raisi va kotibi iştirokida qöriqxona hududiga borib, ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirgan.
Şu bayonnoma ortidan Şodmonov “tuzoqqa tuşganini” aytmoqda. Uning sözlariga köra, Dölanov prokuror örinbosariga şikoyat qilib borgan va “uçastkavoy mendan uy oldidagi temir quvurlarni talab qildi, bermasang jarima qilaman deb tahdid qildi”, mazmunida ariza yozgan. Şundan keyin Şodmonov yana prokuraturaga çaqirtirilgan.
Şodmonovga köra, prokuror örinbosari “Ana, qölga tuşar ekansan-ku… sen Dölanovning imzosini özlaştirgansan, temir quvurlarni söragansan, hozir şu yerda tuşuntiriş xati yozasan”, degan. Şodmonov bu ayblovlarni rad etgan va barça harakatlari prokuratura xati asosida amalga oşirilganini aytgan.
2016 yil avgust oyida mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman prokuraturasi Samarqand viloyati IIBga uning ustidan xizmat tekşiruvi ötkazişni sörab xat yuborgan. Şodmonovning aytişiça, 27 avgust kuni ötkazilgan tekşiruv xulosasida uning harakatlarida jinoyat alomatlari yöqligi qayd etilgan. Ammo keyinçalik ikkinçi tekşiruv tayinlangan va 2016 yil 10 noyabrdagi takroriy tekşiruvdan söng unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Oliy sudga kiritilayotgan şikoyatda himoya tomoni aynan şu nuqtaga e’tibor qaratmoqda: dastlab “jinoyat alomati yöq” degan xulosa çiqqani holda, keyingi qarorlar keskin boşqaça bölib ketgani, bu farqning sabablari töliq oçiqlanmagani ta’kidlanadi.
Sudda oçiq qolgan savollar köp
Oliy sudga taqdim etilayotgan şikoyatda Şodmonovga nisbatan ayblov mohiyati sifatida 2016 yil 11 may kuni SD№0247989 raqamli ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgani, unda Dölanov qöriqxona hududida röyxatdan ötmasdan yaşagan deb körsatilgani, bayonnomadagi imzo haqiqiy emas degan vajlar asos qilingani qayd etiladi. Şodmonovga köra, taftiş (kassatsiya) instansiyasi işni bir tomonlama körib, himoya tomon keltirgan dalillarga yetarliça huquqiy baho bermagan.
Şikoyatda bir qator dalillar sanab ötilgan. Jumladan, 2015 yilda fuqarolik sudi qarorlari bilan Dölanovlar oilasini qöriqxona balansidagi 10-uydan majburiy çiqariş va noqonuniy qurilmalarni buziş belgilangani, mazkur hal qiluv qaror keyingi instansiyada ham özgarişsiz qolgani aytilgan. Şuningdek, ijro işlari qözğatilgani va 2016 yil iyun oyida qöriqxona hududidagi noqonuniy qurilmalar buzilgani hamda qarzdorlar çiqarilgani haqida dalolatnoma rasmiylaştirilgani keltiriladi. Bu dalolatnomada Şodmonovning ham iştirok etgani qayd etilgani aytiladi.
Agar huquqbuzarlik holati haqiqatda mavjud bölgan bölsa, işni faqat “imzo kimniki” masalasiga suyangan holda jinoyatga buriş töğri emas.
Şikoyatda yana bir muhim bahsli nuqta kötarilgan: bayonnomadagi imzo Şodmonov tomonidan qöyilmagani haqida ekspert xulosasi bölgani qayd etiladi, biroq imzoni kim qöygani tergovda aniqlanmagan. Himoya tomonining fikriça, imzo kimniki aniqlanmagan şaroitda, barça aybni bayonnoma tuzgan xodim zimmasiga töliq yuklaş ham notöğri.
Quvur masalasi isbotlanmagan
Şodmonovga qöyilgan ayblarda uning Dölanovga “temir quvur bermagani uçun” ğaraz saqlagani haqida vaj ham keltirilgan. Lekin quvurning kimga tegişliligi, qiymati, qay maqsadda işlatilişi, haqiqatan kimning mulki ekani, nima uçun Şodmonovga kerak bölgani kabi savollarga aniq javob berilmagan. Şuningdek, iş materiallarida quvur haqidagi iddaoni tasdiqlovçi mustaqil dalillar - guvoh, audio/video yozuvlar mavjud emas, asosiy manba sifatida Dölanovning körsatmasi inobatga olingan, xolos.
Şodmonov tomonidan Oliy sudga qilinayotgan murojaatda uning nohaq ayblanganini iddao qiluvçi yana bir qator masalalar örin olgan.
Iş suddan sudga köçirilgan
Şodmonovning da’vo qilişiça, iş hududiylik nuqtai nazaridan avval Jomboy tumanida körilişi kerak edi, ammo suddan sudga köçirilgan. Uning aytişiça, dastlab Jomboy tumanida iş materiallari körib çiqilib, “jinoyat alomatlari yöq” degan mazmundagi qaraş bildirilgan. Keyin iş Bulunğur tumaniga ötkazilgan, u yerda ham “jinoyat tarkibi yöq” degan pozitsiya aytilgan. Şundan keyin iş Samarqand şahriga köçirilgan.
Şodmonovning sözlariga köra, Samarqand şahar sudida prokuror örinbosari Hayitovning bolalikdan taniş dösti, kursdoşi Marat Ergaşev işlardi. Sobiq inspektor aytişiça, suddan avval sudya Ergaşev bilan uçraşuv bölib ötgan va unga “formangga rozi bölsang, işni yopaman” degan talab qöyilgan. Şodmonov esa “aybim bölmasa, nega tizimdan ketişim kerak?” deb bu şartni rad etgan. Uning ta’kidlaşiça, şundan keyin sudya “simpatiçniy hukm çiqaraman”, degan.
Sudya bilan bölib ötgan bu suhbatga Jomboy tumani IIBning öşa paytdagi örinbosari ham guvoh bölganini aytmoqda Şodmonov.
Oliy sudga kiritilayotgan şikoyatda himoya tomoni, şu jumladan, iş böyiça dalillarni har tomonlama va xolis tekşiriş talablari bajarilmagani, ayblovni isbotlaş mezonlariga oid qator protsessual normalar buzilgani qayd etiladi. Şikoyatda sud qarorlarini bekor qiliş va JPKning tegişli moddasiga asosan oqlov hukmi çiqariş söralgan.
Şodmonov: “Adolat istayapman!”
Şodmonov prokuror örinbosari kabi mansabdorlarning kamsitişi, içki işlar xodimlariga nisbatan past munosabati köplab xodimlarni tuşkunlikka tuşirişi, tizimdan sovişiga xizmat qilayotganini aytadi. Uning fikriça, içki işlar xodimi ham, prokurorlar ham birdek xalqqa xizmat qilişi, adolat uçun işlaşi kerak.
Ayni paytda Tal’at Şodmonov Urgut tumanidagi umumta’lim maktabida ingliz tili fanidan dars bermoqda. Biroq şa’ni va adolat tiklanişi uçun huquqiy imkoniyat sifatida Oliy sudga murojaat qilişni niyat qilgan. Uning aytişiça, bu iş yuzaga çiqişidan manfaatdor bölmaganlar hali ham tizimda va “kursdoşlar ssenariysi” yana takrorlanişi mumkin.
Aytiş mumkinki, içki işlar tizimining sobiq xodimi Tal’at Şodmonov sohadan çetlatilişiga sabab bölgan işda qonundan çiqmaganini, aksinça, vazifasini bajarganini ta’kidlamoqda. Biroq iş böyiça sud hujjatlari mavjud va ular qonuniy kuçga kirgan. Şu bilan birga, Oliy sudga kiritilgan şikoyatda himoya tomoni qator dalillarni sanab ötgan holda, quyi instansiyalar qarorlarini qayta baholaşni söramoqda.
Holatda hali ham javobsiz qolayotgan savollar bor: nega xizmat tekşiruvlarining dastlabki xulosalari bilan keyingisi örtasida keskin farq paydo bölgan? Nega iş bir neça marta suddan sudga köçirilgan? Xodimning “urilib ketişiga” asos deb körsatilgan quvur masalasi qançalik xolis örganilgan? Bayonnomadagi imzo kim tomonidan qöyilgani nega oçiq qolgan?
Hozirça bu voqeaning bir tomoni - Şodmonov va uning himoyaçisi bayon etgan nuqtai nazar hisoblanadi. Işda nomi tilga olingan şaxslar va mutasaddi organlar munosabati e’lon qilinmagan. Tahririyat qarşi tomon fikri va munosabatini e’lon qilişga tayyor.