Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA 10 martdan e'tiboran qozog‘istonliklarga vizani bekor qiladi
Qozog‘istonliklar 2018 yil 10 martdan e'tiboran Birlashgan Arab Amirliklariga vizasiz bora olishadi. Bu haqda BAAning Qozog‘istondagi elchixonasiga asoslanib, Tengrinews.kz xabar bermoqda.
«Qozog‘istonning do‘stona xalqini 10 martdan e'tiboran Qozog‘iston fuqarolariga Birlashgan Arab Amirliklarida 30 kun vizasiz yurish rejimi kuchga kirayotgani bilan tabriklaymiz», deyiladi Elchixonaning Tvitterda qoldirilgan xabarida.
Pozdravlyayem drujyestvennyy narod Kazaxstana s tem, chto s 10 marta vstupayet v silu bezvizovyy rejim dlya grajdan Kazaxstana srokom prebyvaniya v Ob'yedinennyx Arabskix Emiratax do 30 dney. Jyelayem priyatnogo prebyvaniya v OAE pic.twitter.com/mrcxKiYp4z
— UAE Embassy Astana (@UAEEmbAstana) February 8, 2018
Bundan sal oldinroq Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov Birlashgan Arab Amirliklari bilan viza rejimi holati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi:
«Viza rejimiga bog‘liq holat bir tomondan rejimning yengillashtirilishini nazarda tutsa, bizning holatimizda migratsion nazorat va xavfsizlik masalalari, jumladan, milliy xavfsizlikning samaradorligini oshirishni talab etadi», — degan Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdurahmonov.
Mavzuga oid
14:10
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026