09:17 / 08.02.2018
5080

Belarus Donbassga o‘z tinchlikparvarlarini yuborish taklifi bilan chiqdi

Foto: rt.com

Belarus TIV rahbari Vladimir Makey Ukrainaga belaruslik tinchlikparvarlarni yuborish taklifi bilan chiqdi. Bu Donbassdagi mojaroga yechim topish uchun kerakligi aytilmoqda. TIV rahbari bu haqda «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Mojaroda bo‘lgan tomonlarga yordam berishning qo‘shimcha usuli Donbassga tinchlikparvarlarni kiritish bo‘lishi mumkin – albatta, ular orasida belaruslar ham bo‘ladi», - dedi u. Makeyning ta'kidlashicha, Minsk bu mojaroda ham Ukraina tomoni, ham Donetsk va Lugansk «respublikalari»ga nisbatan «halol» pozitsiyada turibdi. «Biz qandaydir maqtovlar ortidan quvayotganimiz yo‘q. Biroq bu mojaro bizning mintaqa, bizning oilada. Haqiqatdan ham shunday», - deya qayd etgan Belarus tashqi ishlar vaziri.

Makeyning bildirishicha, Ukrainadagi mojaroga tinch muzokaralar shaklini kengaytirish ham yechim sifatida xizmat qilishi mumkin. Uning eslatishicha, bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko gapirgan. TIV rahbari so‘zlariga ko‘ra, Belarus yetakchisi muzokaralar jarayoniga «boshqalarni», biroq aslida bundan juda manfaatdor bo‘lgan davlatlarni, jumladan AQShni» ham jalb etishni taklif qilgan.

Mavzuga oid
Top