11:38 / 08.02.2018
21062

Tergovchi va surishtiruvchilar maxsus tergov sumkalariga ega bo‘ldi

Foto: Toshkent viloyat IIB

Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish, konstitutsiyaviy prinsiplarga so‘zsiz va og‘ishmay rioya etish maqsadida Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha tergovchi va surishtiruvchi xodimlari tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida turli izlarni, ashyolarni topish, kuzatish, ko‘chirib olish va qayd etish uchun zarur texnik vositalarni jamlagan maxsus tergov sumkalari bilan ta'minlandi.

“Bu kabi maxsus sumkalarning joriy etilishi, tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan jinoyatlarni fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilishda ularga dalillarni topish, qayd etish, olish  va tadqiq qilish jarayonida juda ham katta amaliy ahamiyatga ega”, - dedi Toshkent viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Olim Saidov.

Foto:  Toshkent viloyat IIB
Foto:  Toshkent viloyat IIB
Foto:  Toshkent viloyat IIB

“Mazkur maxsus tergov sumkalari zamonaviy foto va video tasvirga oladigan apparaturalar, turli izlarni mustahkamlash va ko‘chirib olishda ishlatiladigan vositalar, o‘lchov va optik(lupalar) asboblar, yozuv-chizuvar tayyorlash va ularni qayd etish vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar va sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullarini qo‘llashda tergovchi va surishtiruvchilarga o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini samarali amalga oshirishlari uchun yanada qulaylik yaratadi”.

Foto:  Toshkent viloyat IIB
Foto:  Toshkent viloyat IIB
Top