Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 5 yoshli qizchani o‘g‘irlab, o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyatida 5 yoshli qizchani o‘ldirishda gumondor shaxs ushlandi. Maktabgacha ta'lim vazirligi «Kun.uz»ga xabar berishicha, olib borilgan tezkor qidiruv natijasida bugun 9 fevral soat 14.00da gumondor fuqaro O. A. qo‘lga olingan. Ushbu ma'lumot Farg‘ona viloyati IIBB tomonidan ham tasdiqlandi.
U Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiladi.
Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 5 fevral kuni chamasi soat 16-00 da, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 6- maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi G‘afforaliyeva Kibriyoxon Furqatjon qizi yo‘qolgan va 6 fevral kuni soat 00-20 atrofida Kibriyoxonning tan jarohatlari yetkazilgan jonsiz tanasi Oqbo‘yra qishlog‘i hududidan topilgandi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026