Hozirga kunda Özbekiston oldida Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölişdek muhim vazifa turibdi. Ayni paytda mamlakat bu boradagi muzokaralarni faollaştirişga kirişiş bosqiçida.
Şu munosabat bilan Biznes-daily mustaqil ekspert, JST masalalari böyiça huquqşunos Umida Haqnazarga bir neça savol bilan murojaat etdi.
- Avvalo, Jahon savdo taşkilotining asosiy vazifasi, maqsadi, uning faoliyat tamoyillari haqida töxtalsangiz.
- Jahon savdo taşkiloti mamlakatlar örtasidagi özaro savdo muloqotlarini ötkaziş va bu boradagi nizolarni hal etiş imkoniyatini beruvçi global maydon hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 164 ta davlati unga a'zo. BMT mamlakatlar örtasidagi siyosiy munosabatlarni, Jahon savdo taşkiloti esa ular örtasidagi savdo munosabatlarini tartibga soladi. Şu bilan birga, JSTda BMT va boşqa xalqaro institutlardan farqli ölaroq, a'zo mamlakatlar tomonidan majburiy ravişda rioya etiladigan xalqaro savdo qoida va tamoyillaridan taşqari, savdo tartiblarini samarali qöllaş va özaro nizolarni hal etiş mexanizmi mavjud. Taşkilotning asosiy xalqaro savdo tamoyillari haq-huquqlar çeklanmagan va halol raqobat qoidalaridan iborat. Agar adolatli raqobat qoidasi buzilsa, savdoda ham xatoliklar böladi. Barça a'zo davlatlar tomonidan qabul qilingan qoida va tamoyillar esa savdodagi ehtimolliklarni kafolatlovçi omil bölib xizmat qiladi hamda qulay investitsiya va soğlom raqobat muhitini yaratadi. Taşkilotga a'zo bölgaç, köpgina rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda taraqqiy topgan davlatlar bilan teng huquqda savdo muzokaralarida iştirok etiş va muammolar yuzasidan murojaat qiliş imkoniyati paydo bölgan. Albatta, bu jarayon mazkur mamlakatlarda iqtisodiy ösiş va aholi farovonligini oşirişga yordam bergan. Umuman, JSTning asosiy vazifalari manfaatdor a'zo davlatlar örtasida köptomonlama savdo muzokaralarini ötkaziş, savdodagi nizolarni bartaraf etiş, a'zo mamlakatlar milliy savdo siyosatini monitoring qiliş, boşqa ixtisoslaşgan xalqaro muassasalar bilan hamkorlik olib borişdan iborat.
- Yaqinda JST böyiça xalqaro ekspert Yovan Yyekiç mamlakatimizga taşrifi davomida davlat idoralari va biznes vakillari iştirokida bölib ötgan seminarda qilgan ma'ruzasida hozirgaça mazkur taşkilot faoliyatiga doir şakllangan ayrim fikrlar unçalik töğri emasligini aytdi. Siz bu haqda nima deya olasiz?
- Bu fikrlarga qöşilaman. JST xususida köpgina yangliş va xato tasavvurlar borligi haqiqat. Bu, asosan, mazkur taşkilot haqida axborotning yetarli emasligi, qoidalarining qanday işlaşini bilmaslik oqibati bölib, haqiqatga töğri kelmaydigan mulohazalardan iborat. Masalan, eng köp tarqalgan fikrlardan birida JSTga a'zo bölgaç, barça import bojlari avtomatik ravişda pasayişi, import mahsulotlari oqimining birdaniga köpayişi, natijada mahalliy işlab çiqaruvçilarga zarar keltirişi ta'kidlanadi. Aslida unday emas. Tariflarning belgilangan darajasi bu, avvalo, ötkaziladigan muzokaralar natijasiga boğliq. A'zo bölayotgan davlat tariflar böyiça özining dastlabki takliflarini berganidan keyin özaro muzokaralar tomonlarni qiziqtiruvçi aniq tovar pozitsiyalari böyiça olib boriladi. Ba'zi tovar pozitsiyasi böyiça tariflar muzokaralargaça qöllanilganidan ança yuqori bölişi mumkin. Masalan, Qirğiziston JSTga a'zo böliş çoğida töqimaçilik importi uçun boğliqlik darajasini bu paytgaça qöllanilib kelingan 10 foizdan 18 foizga kötarişga erişgan. Bu mamlakat şu kabi bir qator ta'sirga ega tovarlarni hisobga olgan. Bunday misollarni yuqoridagi fikrlarning notöğri ekanligini, ular ekspertlarning emas, balki eşitgan gapini haqiqat sifatida qabul qiladigan odamlarning tasavvurlaridan boşqa narsa emasligini isbotlovçi dalillar deyiş mumkin.












