Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Suriyada yana kimyoviy hujum ro‘y bergan bo‘lishi mumkinligini xabar qildi
BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Suriyaning Sarakeb shahrida 4 fevral kuni kimyoviy moddalar qo‘llangan bo‘lishi mumkin ekani haqida ma'lumotlar oldi. Bu haqda «RIA Novosti» boshqarma matbuot reliziga asosan xabar bermoqda.
«BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xodimlari 4 fevral kuni Sarakeb shahri sharqidagi turar-joy tumaniga aviazarbalar berilganidan so‘ng zaharli moddalar tarqatilishiga oid xabarlar, shu jumladan videoyozuvni olishdi», - deyiladi xabarda.
Ehtimoliy hujum natijasida qurbonlar yuz bergani haqida ma'lumotlar yo‘q.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasidan ta'kidlanishicha, 4-9 fevral kunlari Suriyadagi mojaro oqibatida 277 oddiy fuqaro qurbon bo‘ldi, yana 812 inson jarohatlandi.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026