“Ikki kun muhlat...”: Bozor buzilishiga doir murojaatga hokimiyat oydinlik kiritdi
KUN.UZ tahririyatiga navbatdagi murojaat kelib tushdi. Uning mazmuni quyidagicha: “Assalomu alaykum. Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi dehqon bozori buzilishi sababli tuman hokimi “Bozor buziladi”, deb ikki kun muhlat berdi. Shu masalaga oydinlik kiritishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz”.
Tahririyat ushbu masala yuzasidan Uzun tumani hokimiyati bilan bog‘landi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Alimov quyidagilarni ma'lum qildi:
“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qiziriq tumanida videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda Uzun tumanidagi faollar tomonidan Uzun tumanining markaziy qismi juda tartibsiz ekanligi, shaharsozlik normalariga to‘g‘ri kelmasligi, ayrim bino va inshootlar bugungi talablarga javob bermasligi va ko‘chalarning tirbandligi yuzasidan prezidentga murojaat qilgan”.
Tuman hokimiyati taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, “Davarxitekturaqurilish” qo‘mitasi, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK va viloyat hokimligi bilan Uzun tumani markazidan o‘tuvchi O‘zbekiston shohko‘chasi, Bahoriston ko‘chasi va temir yo‘l kesishmasini qamragan holda shaharning batafsil reja loyihasi ishlab chiqilgan. Mana shu loyihaga muvofiq, murojaatda tilga olingan bozor buzilib, uning o‘rnida zamonaviy savdo majmuasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
“Uzun dehqon bozori hududida savdo qilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini tumandagi “Bahoriston” mahallasi hududida yangidan qurilgan zamonaviy bozorga ko‘chirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tadbirkorlarning kelgusida to‘liq faoliyat olib borishlari alohida nazoratga olindi”, - deyiladi Uzun tumani KUN.UZ’ga taqdim etgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
12:10 / 13.11.2024