Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yana ikkita yangi masjid foydalanishga topshirildi
“Bugungi kunda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Respublikamizda diniy sohaga juda katta e'tibor qaratilmoqda, joylarda masjidlar va ziyoratgohlarni joriy ta'mirlash va qayta rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ko‘p yillik tarixga va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ziyoratgoh va masjidlarni bugungi kun talabiga mos ravishda ta'mirlab, joylarda aholining ehtiyojidan kelib chiqib hududdagi fuqarolarning diniy qarashlarini shaffoflashtirish, muqaddas islom dinimizning sofligi va uning amallarini el orasida targ‘ib qilish maqsadida yangi masjidlar qurib foydalanishga topshirilmoqda”, - deb yozadi Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi o‘z sahifasida.
Viloyat rahbari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Oltinsoy tumanining “Sayrak” mahallasi hududida joylashgan “Sayid Muhiddinxon” hamda “Xo‘jaipok” mahallasi hududida joylashgan “Abdurahmon ibn Avf” jome' masjidlari foydalanishga topshirilgan.










Ma'lumot o‘rnida: kecha, 9 fevral kuni prezident Sh.Mirziyoyev Toshkent shahrida qurilayotgan masjid loyihasi bilan yaqindan tanishgan edi.
Mavzuga oid
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
09:17 / 13.04.2026