Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Toshkent-Termiz” yo‘lida YTH, bir inson vafot etdi
3 fevral kuni soat 02:30 larda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvidagi “Lasetti”, rusumli avtomashinasini “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 1252-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan A.S. boshqaruvidagi “Mersedes-bents”, yuk avtomashinasini quvib o‘tayotgan vaqtida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Surxondaryo viloyati Denov tumani Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi A.U. boshqaruvni eplay olmay A.S. boshqaruvidagi “Mersedes-bents” avtomashinasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi Denov tumani Sh.Rashidov ko‘chasida yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan J.M. jarohat olib kasalxonada vafot etgan va yana 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
10:48 / 15.01.2026
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026