O‘zbekiston | 00:39 / 10.02.2018
14171
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik investorlar Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 9 fevral kuni Turkiya Respublikasi investorlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Ular mamlakatda 13 fevralga qadar bo‘lishadi. 

Ikki tomonlama bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatiga Turkiya davlatidan sarmoyadorlarni jalb qilish, turizm hududlarining me'moriy reja va dizaynini ishlab chiqishda Turkiya davlati tajribasidan keng foydalanish, bu sohadagi O‘zbekistonga malakali mutaxassislarni jalb qilish masalalari muhokama etildi. Bundan tashqari, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Turkiya davlati bilan hamkorlik qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Ushbu yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:

1. Eko-turizm, Etnografik turizm, Ziyorat turizmi, Sanoat turizmi, Sport turizmi, Qishki turizm, Tibbiy turizm, Ov turizmi, Gastronomik turizm va Badiiy-madaniy turizmlarni tashkil etish va kengaytirish; 

2. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 dekabrdagi PF-5273-sonli farmoniga asosan, Bo‘stonliq tumanidan “Chimyon va Chorvoq” rekratsion zonasida “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish, mazkur zonada turizm infratuzilma obektlarini joylashtirish bo‘yicha investorlarni va mutaxassislarni jalb qilish, barpo etiladigan obektlar bo‘yicha investitsiya takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

 

Mavzuga oid