Toşkent viloyatining Bekobod tumanida “Abdulla Madina Fayz” fermer xöjaligidan tuşgan murojaat şu tumanga navbatdagi safarni amalga oşirişga turtki böldi. Fermer xöjaligi 2015 yil dekabr oyida tuman hokimining qarori bilan “Birdamlik” MFYda taşkil etilgan. Biz muammo nima ekaniga aniqlik kiritiş maqsadida fermer xöjaligi iş boşqaruvçisi Abdulla Xolmurodov bilan uçraşdik.

“Dastavval, fermer xöjaligi 15 gektardan ortiq hududda taşkil etilgan. Keyinçalik, ekin maydonlarini optimallaştiriş maqsadida u 3 qismga bölinib, 5 gektardan taqsimlangan. Ammo, şu işni bekor qilgan ekanman, - deydi Abdulla aka. Ortiqça ovoragarçilikdan boşqa narsaga erişmadim”.
Qolaversa, Abdulla aka tumanning avvalgi hokimi vaqtida heç narsa ekilmagan, suv çiqmaydigan va bir neça yillar mobaynida qarovsiz qolgan yerni özlaştirib boqqa aylantirgan. Bundan taşqari, Prezidentning 2017 yil 9 oktabrdagi PF-5199-sonli farmonida ta'kidlanganidek, fermer xöjaliklarining köp tarmoqli bölişiga doir bandlar ijrosini birinçilardan bölib ta'minlaş maqsadida “Abdulla Madina Fayz” fermer xöjaligiga yondoş hududda joylaşgan, bir vaqtlar kolxoz parrandaçilik fermasi bölgan hududda quyon, tovuq va ördak boqişga ixtisoslaşgan qöşimça tarmoqni taşkil etişni rejalaştirgan. Buning uçun sobiq ferma hududidagi 1 gektar yerni foydalanişga berişlarini söragan. Ammo...

Tuman hokimligi bu masalani viloyat hokimligiga, viloyat hokimligi şundoğam heç narsa unmaydigan 1 gektar yerda ferma quriş uçun ruxsat beriş masalasini körib çiqiş uçun Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasiga taqdim etgan. Abdulla aka esa, otanga bor, onanga bordan çarçab, qölidagi javob maktublaridan “roman” yoziş mumkinligini kuyunib uqdiradi.
Tuman hokimi Otabek Isroilov esa, bu hududda ruxsat olmasdan ham parranda, quyon boqaverişi mumkinligini, Bekobod tumanida parrandaçilik va quyonçilikka qöl urganlar ozligini aytayotgan bölsa, Abdulla aka quriliş işlarini boşlaşga ruxsat beruvçi barça hujjatlar qöliga kelib tuşmas ekan, heç qanday quriliş işini boşlamasligini ta'kidlaydi.

“Axir bu noqonuniy qurilma hisoblanib qoladi. Keyin yana uni ortidan sarson bölişni xohlamayman. Qolaversa, özim nafaqaga çiqmasdan avval IIV tizimida qonunbuzarlar va jinoyatçilikka qarşi kuraşgan bölsam, endi qonunni buzamanmi?” – deydi murojaatçi. Uning aytişiça, biznes-rejasini işga tuşirsa, kamida 15-20 kişi iş bilan ta'minlanadi. 5-10 mingtagaça tovuq, ördak, 5 ming atrofida quyon parvariş qilib, xalq dasturxoniga ham parhez göşt, tuxum yetkazib beriş, boşqa işlab çiqaruvçilarni parranda pati va quyon terisi bilan ta'minlaşi mumkin bölar edi.













