Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Habib Nurmagomedov va Krishtianu Ronaldu o‘zaro sovg‘alar almashdi
Rossiyalik jangchi, aralash yakkakurash musobaqalari yulduzlaridan biri Habib Nurmagomedov «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan sovg‘alar almashdi. Bu ikki sportchining uchrashuvini Nurmagomedov o‘zining Instagram‘dagi sahifasiga joylashtirdi.
«Sovg‘alar almashdik. Albatta kim-kimga sovg‘a berishi mumkinligini siz yaxshi tushundingiz», — deb yozgan u.
Ronaldu Nurmagomedovning sahifasiga joylashtirilgan videoda «Assalomu aleykum» deya so‘zini boshlagan. U rossiyalik sportchiga to‘p va o‘zining futbolkasini sovg‘a qilgan bo‘lsa, Habib unga kavkaz milliy bosh kiyimi papaxa sovg‘a qilgan.
«Bu futbolkada Ronaldu bugun het-trik qayd etdi, bu sovg‘a mening kolleksiyamda eng muhim joy egallaydi», — deb yozgan Nurmagomedov boshqa bir fotodagi rasmga.
Rossiyalik sportchi «Real» hujumchisi bilan Ispaniya chempionatining «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvidan so‘ng (5:2) ko‘rishgan.
Mavzuga oid
12:37 / 18.06.2026
JChda 7-kun. Ronaldu Messiga javob qilolmadi, Angliya shou uyushtirdi
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026