Jahon | 19:50 / 11.02.2018
33669
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Xitoyning Amerikani mag‘lub etish rejasini fosh qildi – OAV

Foto: Kin Cheung / AP Photo

Xitoylik harbiylar 2500 yil avval buyuk sarkarda Sun Tszi tomonidan bayon qilingan harbiy strategiyani o‘zlashtirishmoqda. Bu strategiya negizida “urushni jangda ishtirok etmasdan yutish” tamoyili yotadi. Bu haqda RAND Corporation tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda AQShning National Interest nashri xabar bermoqda. 

Tadqiqot mualliflarining yozishicha, Xitoy AQSh bilan to‘qnash keladigan bo‘lsa, uning quruqlikda ham, havo va dengizda ham yuqori aniqlikdagi qurolini ishlata olmasligi uchun barcha ishni amalga oshiradi.

Xitoy qurolli kuchlari harbiylari asosiy urg‘uni AQShning ma'lumotlarni qayta ishlash va qo‘mondonlikning buyruqlarini uzatish tizimlarini ishdan chiqarishga qaratadilar. Buning oqibatida aviatsiya, armiya va flot harakatlari betartib bo‘ladi va muvaffaqiyatga olib kelmaydi. Xitoy armiyasi axboriy ta'sir usullari qo‘llash bilan raqibni jang maydonidan “siqib chiqarishi” mumkin. 

Mualliflarning fikricha, bunday taktikani amerikaliklar 1991 yilda Iroqqa qarshi “Cho‘ldagi bo‘ron” amaliyoti vaqtida qo‘llashgan. Endi esa bu usulni Xitoy armiyasi o‘zlashtirib olgan.

AQShning fikricha, Xitoyning amaldagi tashqi siyosatini tinchlikparvar deb atab bo‘lmaydi, u yangi usullar bilan global yetakchilikka erishishga qaratilgan.

Yanvar oxirida Xitoyda yangi qurol turlarini yaratish uchun sun'iy ong va kvant texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 120 olim tanlab olingan. Shu tariqa Xitoy armiyasi tez orada AQShdan harbiy ustunlikka erishmoqchi.

Mavzuga oid