Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahrayn Fors ko‘rfazi nomi qo‘llangani uchun o‘quv darsliklarini qayta chop etishni talab qildi
Foto: Ahmed Jadallah/Reuters
Bahrayn ingliz tilidagi 17 mingta o‘quv darsligini qirollikni o‘rab turuvchi ko‘rfaz ularda Fors, deb atalgani tufayli qayta chop etishni talab qildi. Bu haqda Reuters BNA agentligiga asosan xabar bergan.
Bahrayn va AQShning ittifoqchilari bo‘lgan ko‘rfazdagi boshqa davlatlar bu geografik nomni rad etib, Arab ko‘rfazi toponimidan foydalanishni ma'qul ko‘rishadi. Ularning fikricha, «fors» so‘zi zamonaviy Eronni yodga soladi hamda uning mintaqada yetakchilik qilishga bo‘lgan intilishini nazarda tutadi. Bu esa Eronning o‘zi tomonidan rad qilib kelinadi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Bahrayn Ta'lim vazirligi «nomi oshkor etilmagan xorijiy kompaniyaga» uchinchi sinf o‘quvchilari uchun darsliklarni chop etish uchun buyurtma bergan. O‘sha kompaniya endi xato tufayli ularni qaytadan to‘g‘rilab berishi lozim.
Mavzuga oid
18:16 / 31.10.2025
O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etdi
22:44 / 24.10.2025
O‘zbekiston yosh sportchilari Osiyo o‘yinlarida yana bir medalni qo‘lga kiritdi
20:41 / 22.10.2025
OChL-2. «Andijon» qatorasiga uchinchi o‘yinni golsiz durang bilan yakunladi
07:38 / 11.09.2025