Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq banki tomonidan pensiya va nafaqalarni tarqatishda takomillashtirilgan chora-tadbirlardan foydalanilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi “Pensiya va nafaqalarni to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 2 mingta sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqa to‘lovlari berilishi joriy qilindi.
Bundan tashqari, Xalq banki filiallaridan maxsus kassalarga naqd pullarni o‘z vaqtida va muntazam yetkazib berish maqsadida 590 ta “Damas” rusumli avtomashina hamda tog‘li hududlarga pensiya va nafaqa mablag‘larini olib borish uchun 10 dona UAZ avtomobili sotib olinib, bank tomonidan pensiya va nafaqa oluvchilar xizmatiga yo‘naltirildi.
Shuni ham alohida e'tirof etish joizki, bank tomonidan tashkil qilingan sayyor kassalar uchun 2 000 ta planshet va termoprinter uskunalari sotib olinib, aholiga pensiya va nafaqalar to‘lash “on-layn” rejimida yo‘lga qo‘yildi. Bu, o‘z navbatida, hisobni yuritish, nazorat qilish, shakllantirilgan to‘lov qaydnomalaridan pensionerlarni tezroq izlab topish jarayonida vaqtni tejash bilan birga, aholidan ularning xohishiga ko‘ra kommunal to‘lovlarni qabul qilishda yaxshigina qulayliklar yaratmoqda.
Endilikda pensiya va nafaqa oluvchilarga har oylik pensiya mablag‘larini joylardagi mahalliy hokimlik tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq o‘zi yashaydigan posyolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yig‘inlarida tarqatilmoqda.
Shunisi e'tiborliki, Xalq banki va Pensiya jamg‘armasi o‘rtasidagi qo‘shma xatga asosan pensiya va nafaqalar tarqatiladigan joylar to‘liq invetarizatsiya qilindi. Pensionerlarga issiq bo‘lishi uchun pensiya va nafaqa tarqatiladigan xonalar Xalq banki tomonidan yetarli miqdorda isitkichlar bilan ta'minlandi.
E'tirof etish joiz bank tomonidan birgina 2018 yilning yanvar oyida 3 milliondan ortiq fuqaroga 1,5 trln.so‘mga yaqin pensiya va nafaqa mablag‘lari naqd pul ko‘rinishida berildi.
E'tiborlisi shuki, joriy yilning o‘tgan oyida 750 ming nafar yotoqdagi pensionerga 365 mlrd.so‘mlik pensiya pullari bevosita ularning yashash manzillariga olib borib berildi.
Pensionerlar xuquqlarini himoya qilish va ularga qator qulayliklar yaratish maqsadida, Xalq banki tomonidan pensiya va nafaqa mablag‘larini tarqatish tartibi aks ettirilgan 8 923 ta fuqarolar yig‘inlari binosida ma'lumotlar stendi tashkil qilingan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:15
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026