Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Polshaga jo‘natib yuborildi – Ukraina OAV
Foto: epa/vostock-photo
Ukrainaning “Yangi kuchlar ruxi” partiyasi yetakchisi Mixail Saakashvili 12 fevralda Kiyev vaqti bilan 16:00da charter reys bilan Ukrainadan Polshaga uchib ketdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda TSN.ua xabar bermoqda.
“Bu deportatsiya emas, readmissiya – noqonuniy shaxsni kelgan davlatiga qaytarishdir”, deb yozgan nashr.
Shu kuni avvalroq Saakashvili Kiyev markazidagi restoranlardan birida harbiy kamuflyaj kiyimidagi odamlar tomondan olib ketilgani ma'lum qilingandi.
Ukraina ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati va Ukraina davlat chegara xizmatida hozircha siyosatchining ushlangani haqidagi ma'lumotga ega emasliklari aytilgan. Biroq Saakashvili advokati Ruslan Chernolutskiyning aytishicha, Saakashvilini chegarachilar olib ketgan.
Saakashvilining safdoshi Liza Bogutskayaning ta'kidlashicha, Saakashvili “Borispol” aeroportiga yetkazilgan va u yerdan Varshavaga jo‘natilishi kerak bo‘lgan.
Saakashvili 2017 yil 10 sentabrda Ukrainaga Polsha orqali kelgan. Uning tarafdorlari Polsha-Ukraina chegarasidagi o‘tkazish punktidagi kuch tuzilmalari xodimlari halqasini yorib o‘tib, siyosatchini Ukraina hududiga olib o‘tishgan.
Mavzuga oid
08:33
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
16:17 / 07.05.2026