Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Hindistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11 fevral kuni Hindistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi.
Tashrif chog‘ida Komilov Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashadi, deya xabar beradi Hindiston Tashqi aloqalar vazirligi.
O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari 12 fevral kuni uchrashib, bir qator ikki tomonlama masalalarni muhokama qiladilar.
India Today xabariga ko‘ra, Hindiston o‘z yadroviy yonilg‘ini sotib olish manbalarini diversifikatsiya qilish uchun O‘zbekistondan uran sotib olishga qiziqayotganini bildirgan.
Jahon yadro assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda uranning yettinchi eng yirik eksportchisi sanaladi. Respublikaning Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, tekshirilgan va hisoblangan uran zaxiralari 185,8 ming tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
09:00 / 22.05.2026