O‘zbekiston | 21:23 / 12.02.2018
10148
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus jihozlangan avtobuslar sinovdan o‘tkaziladi

Belarus O‘zbekistonga ikki tajribaviy avtobusini yetkazdi. Bu tabiiy gazda ishlovchi «MAZLotos» rusumidagi katta va o‘rta sig‘imdagi tajribaviy avtobuslardir. "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, avtobuslar 2018 yilning 8 fevralida Toshkentga keltirilgan. 

Manbaga ko‘ra, bu avtobuslar past polli bo‘lib, nogironlar aravachalari va jismonan imkoniyati cheklangan kishilar uchun maxsus jihozlangan. Bu esa barcha yo‘lovchilar uchun birdek qulaylik yaratadi.

Foto: "Toshshahartransxizmat" AJ

Avtobuslar sinovi "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibiga kiruvchi avtoparklarda bo‘lib o‘tadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid