Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yaponlarni qaytaring!» - Sindzo Abe KXDRga talab qo‘ydi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, KXDR Yuqori yig‘ilishi raisi Kim Yon Namdan Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Yaponiya fuqarolarini qaytarishni talab qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Men janob Kim Yon Namdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qat'iy ravishda o‘g‘irlab ketilganlar muammosiga yechim topish hamda ularning barchasini uyga qaytarishni so‘radim», - deya aytib o‘tdi Abe.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Yaponiya hukumatining yadro va raketa dasturi muammosi bo‘yicha pozitsiyasini ham aniq bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Sindzo Abening taklifiga ko‘nmagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026