Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi: "Hozir O‘zbekistonga sarmoya kiritishning ayni vaqti!"
Foto: KUN.UZ
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev 12 fevral kuni 60 kishidan iborat Koreya biznes doirasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning investitsion jozibasiga doir taqdimot bilan chiqdi va bugungi kunda bu yo‘nalishda qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma'lumot berdi. Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.
A.I.Ahmadxo‘jayev o‘z nutqida O‘zbekiston aholisining ko‘pchiligi bugungi kunda uch tilni bilishi, so‘nggi vaqtlarda ingliz tili faol o‘zlashtirilayotganini qayd etdi. Shuningdek u O‘zbekiston mineral resurslar va meva-sabzavotlarga boyligi, yerimiz serhosil ekanini ta'kidladi.
"Hozir O‘zbekistonga investitsiya kiritishning ayni vaqti! Investitsion iqlim yaxshilanmoqda, iqtisodiyot ko‘rsatkichlari oshmoqda, biznes yuritish osonlashdi. Valyuta liberalizatsiyasi bilan bog‘liq masalalar hal qilindi. O‘zbekiston jahonning iqtisodiyoti shiddat bilan o‘sib borayotgan mamlakatlari reytingining kuchli beshligidan o‘rin oldi. Shunday ekan, hozirning o‘zida investitsiya kiriting, yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalaning", - deya chorlaydi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi.
Bundan tashqari, u eksportchilarga O‘zbekistonda qo‘lga kiritiladigan daromad faqat ularning o‘ziga tegishli bo‘lishi, uni xohlagancha sarflashlari mumkinligi va bu bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilganini ta'kidladi.
Xorijiy sarmoyachilar uchun erkin iqtisodiy zonalar yaratilgani, bojxona bilan bog‘liq qator jarayonlar soddalashtirilgani va muayyan imtiyozlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
"2012 yilda O‘zbekiston mamlakatda biznes yuritish bo‘yicha Afg‘oniston, Iroq, Zimbabvega tenglashtirilgan bo‘lsa, bugunga kelib biz Xitoy, Turkiya, Lyuksemburg va Bahrayn kabi mamlakatlarga yaqinmiz. Oxirgi vaqtda litsenziyalash bilan bog‘liq taxminan 160 jarayon, turli xarakterdagi 19 byurokratik jarayon amalga oshirildi.
O‘zbekiston 32 milliondan ziyod aholiga ega, bu esa bizni mintaqadagi eng yirik iste'molchi bozorga aylantiradi", - deydi Azim Ahmadxo‘jayev.
Mavzuga oid
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
06:00 / 19.02.2026
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55 / 19.02.2026