O‘zbekiston | 16:40 / 13.02.2018
17539
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda O‘zbekiston bilan chegarada fuqaro yaralangani holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: AKIpress

Qirg‘izistonda O‘zbekiston bilan chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tish chog‘ida fuqaroning yaralangani holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Qirg‘iziston Ombudsman instituti matbuot xizmatidan xabar berishgan.

Ola-Buqa tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2018 yilning 6 fevral kuni o‘zbek chegarachilari tomonidan Qirg‘iziston fuqarosining yaralangani holati bo‘yicha Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 3ta moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Ish Qirg‘iziston prezidenti devoni va bosh vaziri nazoratida turibdi. Ola-Buqa IIB tergov xizmati surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada yaralangan fuqaro bo‘yicha surishtiruv davom etayotganini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid