Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov Misr terma jamoasi eng yuqori darajada kutib olinishini aytdi
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov JCh-2018 o‘tkazilishi vaqtida Misr terma jamoasi eng yuqori darajada kutib olinishi haqida va'da berdi. Uning so‘zlarini TASS keltirgan.
«Misr terma jamoasining Grozniyda to‘xtash haqidagi qarori bizning respublika obro‘si uchun katta ahamiyatga ega. Bu Checheniston Respublikasining sportni rivojlantirish va ommalashtirish sohasidagi muvaffaqiyatlari xalqaro darajada tan olinganidan dalolat. Bu ishlarning boshida bizning birinchi prezident, Rossiya Qahramoni Ahmad Hoji Qodirov turgan», - dedi u.
Shuningdek Qodirovning ta'kidlashicha, Misr terma jamoasini eng yuqori darajada kutib olish kerak, bu asrlar davomida saqlanib kelgan mehmondo‘stlik an'analariga xosdir.
«Bizda keng ko‘lamli xalqaro tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha katta tajriba bor. Ishonchim komilki, muammolar bo‘lmaydi. Biz shunday qilishimiz kerakki, mehmonlarda respublikamiz haqida yomon fikrlar paydo bo‘lmasin», - deya aytib o‘tdi Qodirov.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
10:43 / 19.03.2026