Otib tashlash bilan qo‘rqitishgan. Saakashvilining Kiyevda ushlanishi videosi namoyish qilindi
Mixail Saakashvilining Facebook’dagi sahifasida uning Kiyevdagi restoranlardan birida ushlanishi videosi joylashtirildi.
Restorandagi kuzatuv videokameralari tomonidan olingan yozuvda maxsus xizmatlarning niqoblardagi xodimlari restoranga kirib, bir necha kishini polga yotqazganlarini ko‘rish mumkin. So‘ngra keyingi kadrlarda 4 kishi taxmin qilinishicha Saakashvilini ushlagancha, bir kishi esa sochidan tortqilagancha tashqariga olib chiqayotgani tasvirlangan.
Videoga berilgan izohda Saakashvilini ushlagan odamlar uni aeroportgacha yo‘l bo‘yi yuziga mushtlaganlari, otib tashlash bilan tahdid qilganlari aytilgan.
Saakashvili 12 fevralda Ukraina davlat chegara xizmati tomonidan kuzda Ukrainaga noqonuniy kirgan hududi – Polshaga jo‘natib yuborilgan.
Polsha chegara xizmati Saakashvilining Varshavaga yetib kelganini tasdiqlagan. Saakashvili tarafdorlari Ukraina prezidenti ma'muriyati binosi yonida namoyish o‘tkazishgan.
Saakashvili Polshaga kelgach, ZIK telekanali efirida Ukrainaga qonuniy yo‘l bilan qaytishini aytgan.
Mavzuga oid
11:45 / 06.10.2024
“Atirgul inqilobi”dan hibsxonagacha – Mixail Saakashvili kim edi?
12:21 / 14.08.2024
Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
08:00 / 24.05.2024