O‘zbekiston | 17:35 / 13.02.2018
8238
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston O‘zbekiston bilan sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqchi 

Foto: Today.tj

Tojikiston va O‘zbekiston sanoat sohasida, shu jumladan mahsulotlar eksportini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Dushanbedagi jurnalistlar bilan uchrashuvda Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Shavkat Bobozoda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki mamlakat o‘rtasida tovarlar importi va eksporti miqdori deyarli bir xil darajada ekanligini ko‘rsatib berdi.

Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, tomonlar o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda tovarlarni eksport va import qilish masalasini aniqlashtirib olishdi. Tojikiston O‘zbekistonga sement, birlamchi alyuminiy, quritilgan mevalar, pilla, ipak, ip, ichimliklar, elektr energiyasi va boshqalarni eksport qila oladi.

O‘tgan yili O‘zbekistonga taxminan 250 ming tonna sement eksport qilindi.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 126 million dollardan oshdi. Shu tariqa, eng yuqori o‘sish O‘zbekiston bilan ikki tomonlama savdoda qayd etildi - 82 foiz.

O‘zbekistonga tovarlar eksportining hajmi 57 mln AQSh dollarini yoki tovar aylanmasi umumiy hajmidan 45%ni tashkil etdi. Import ko‘rsatkichlari 69 mln AQSh dollarini yoki umumiy hajmdan 55%ga teng bo‘ldi.

Ayni paytda O‘zbekistondan tayyor mahsulotlar import qilinmoqda - avtomobillar, maishiy texnika, kiyim-kechak, qurilish materiallari va boshqalar.

Mavzuga oid