Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda undan zaharlanganlar soni 39 kishiga yetdi
Foto: Sputnik
Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyatida zaharli undan zaharlanganlar soni 39 kishiga yetdi.
O‘tgan hafta oxirida taxminan 20 kishi, asosan, 3-5 yoshlar oralig‘idagi bolalar, “geliotropli gepatit” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati sog‘liqni saqlash va aholi ijtimoiy himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Nasrigul Nekushoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati Ishkashim tumanidagi ikki qishloqda ommaviy zaharlanish yuz bergani xabar qilingandi. Mahalliy tadbirkor tomonidan olib kelingan bug‘doydan tortilgan undan tayyorlangan taomlarni iste'mol qilgan odamlar zaharlangan, bir inson vafot etgan.
Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati davlat hokimiyati ijro organi matbuot kotibi Nilufar Aslamshoyevaning feysbukdagi sahifasida xabar berishicha, o‘tgan yilning avgust oyida mahalliy tadbirkor, Pitun qishloq jamoati Tug‘oz qishlog‘ida yashovchi shaxs Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Xamadoniy tumanida sotib olingan 5,4 ming kilogramm bug‘doyni qishloqqa olib kelgan.
«5,5 tonna bug‘doy olib kirilgan, mahalliy aholi bu bug‘doydan tortilgan unning 2 tonnadan ortig‘ini iste'mol qilib bo‘lgan. Vaziyat juda og‘ir. Ishkashimga poytaxtdan yetib kelgan mutaxassislar odamlarni qutqarib qolish uchun barcha ishni qilishmoqda», - deya aytib o‘tdi Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati sog‘liqni saqlash va aholi ijtimoiy himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Nasrigul Nekushoyeva.
Mavzuga oid
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
19:10 / 10.01.2026
Nestlé NAN xavotiri: bolalarda zaharlanish belgilari borligi aytilyapti
15:00 / 28.11.2025