Jahon | 14:42 / 14.02.2018
9860
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika razvedkasi Ukrainada muddatdan avvalgi saylovlarni taxmin qildi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh razvedkasi Ukrainada muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi ehtimolini taxmin qildi. Bu haqda AQSh Milliy razvedkasi direktori Deniyel Koutsning hisobotida aytiladi.

Bunga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar orasida aholining islohotlar sur'atidan noroziligi, hayot darajasining pasayishi, shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashishi bor.

Bundan tashqari, Amerika razvedkasidagilarning fikricha, Ukraina muxolifati 2019 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovlardan avval Pyotr Poroshenko koalitsiyasini kuchsizlantirish uchun mamlakatdagi vaziyatdan foydalanishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid