22:57 / 14.02.2018
11105

Buffon futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

«Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon mavsum oxirida futbolni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Mavsum yakunlanishidan oldin, klub rahbari Juzeppe Marotta bilan uchrashaman. Biz stol atrofida o‘tirib, barcha narsalarni muhokama qilamiz va yakuniy qarorga kelamiz. Shungacha keyingi faoliyatim haqida bir narsa deyolmayman» - deb 40 yoshli darvozabon so‘zlarini keltirmoqda Calciomercato.

Eslatib o‘tamiz, Buffon 2001 yildan buyon «Yuventus» tarkibida to‘p suryapti. U jamoa libosida 500tadan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Avvalroq u Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi.

Mavzuga oid
Top