23:15 / 14.02.2018
6796

Koreya diasporasining O‘zbekistondagi 283 vakili yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan

Foto: Kun.uz

Koreya diasporasi O‘zbekistondagi ko‘p millatli xalqning ajralmas qismi hisoblanadi va respublikada o‘tkaziladigan barcha ijtimoiy va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etadi. O‘zbekiston mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koreyslarning qo‘shayotgan hissasini qadrlaydi. 

KUN.UZ muxbirining Xalqaro Press-klubning ikki mamlakat do‘stligiga bag‘ishlangan sessiyasida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib xabar berishicha, Koreya diasporasining 283 nafar vakili yuksak davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlangan bo‘lib, jamiyatimizda katta nufuzga ega. Ular orasida - parlament va hukumat a'zolari, xizmat ko‘rsatgan fan, madaniyat va san'at vakillari, yuqori malakali mutaxassislar bor. 

Foto: Maktabgacha ta'lim vaziri, senator Agrippina Shin

Jumladan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishdagi taniqli tashkilotchilar Kim Pen Xva va Xvan Mun Gim, O‘zbekiston Qahramoni, Xivadagi “Mehribonlik uyi” direktori Vera Pak, Maktabgacha ta'lim vaziri, senator Agrippina Shin, senator Valeriy Tyan, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari assotsiatsiyasi raisi Viktor Pak, boks bo‘yicha Jahon kubogi sohibi Vladimir Shin,  rassom Nikolay Shin, akademik Vladimir Kim, Tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Shek va boshqalar.

Ko‘p sonli koreys millati diasporasi ikki mamlakat va xalqlarimizning yanada yaqinlashtirish o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2017 yilda mamlakatimizda koreyslarning O‘zbekistonda yashayotganligining 80 yilligi keng nishonlandi.

Top