Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning uch hududida Amir Temurning 682 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkaziladi
Sayram, Chimkent va Turkistonda Amir Temurning 682 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkaziladi. KUN.UZ muxbiri 14 fevral kuni Toshkent shahridagi Qozog‘iston elchixonasida ikki mamlakat do‘stligiga bag‘ishlangan tadbirda Qozog‘iston o‘zbeklari do‘stlik hamjamiyati raisi, Janubiy Qozog‘iston viloyati O‘zbek drama teatrining direktori Ikrom Hoshimjonovning bergan intervyusiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevlarning uchrashuvlari natijasida Qozog‘istonda "2018 yil - O‘zbekiston yo‘li" deb e'lon qilindi. 15 mart kuni Ostona shahrida shunga bag‘ishlangan ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Shuningdek 26-28 mart kunlari Qozog‘istonning Sayram, Chimkent va Turkistonida sohibqiron Amir Temurning 682 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tadi. Unda O‘zbekistonning taniqli namoyondalari ishtirok etishadi - bu debocha.
O‘ylaymanki, xalqimiz bundan mamnun bo‘ladi. Biz et bilan tirnoqdek o‘zbek va qozoq xalqlarini Yaratganning o‘zi ajratmasa, bandasining kuchi yetmaydi. Shunday ekan, ikki elning davlat rahbarlari omon bo‘lsin, bir-birlariga bo‘lgan hurmat va izzatlari yuqoridan bo‘lsin. Xalqimiz omon bo‘ladigan bo‘lsa, bizning davlatlar orasidagi iqtisodiy, siyosiy hamkorligimiz yanada ijobiy samara berib, har doim mintaqadagi eng oldi davlatlar bo‘lib qolaveramiz", - dedi hamjamiyat raisi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
22:09 / 12.06.2026
Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi “Adolat fasli” spektakliga yuqori baho berdi
12:12 / 09.06.2026