Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyaning Olimpiadadagi ishtiroki xarajatlarini Janubiy Koreya qoplaydigan bo‘ldi
Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning Pyongchang Olimpiadasida ishtirok etishiga ketgan 2,86 mln dollar miqdoridagi xarajatlarini to‘lab beradigan bo‘ldi. Bu haqda 14 fevralda Janubiy Koreyaning milliy birlashuv vazirligi ma'lum qildi. Mablag‘lar Shimol bilan hamkorlik qo‘mitasi byudjyetidan ajratiladi.
Seul umumiy hisobda 300 kishidan oshadigan shimollik artistlar, muxlislar va txekvondochilar jamoasining Janubiy Koreyada bo‘lishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi.
“Shimoliy Koreya delegatsiyasining O‘yinlarda ishtirok etishi ularning o‘zini osoyishta tutishi, o‘zaro munosabatlar yaxshilanishiga yaxshi imkoniyatdir va Koreya yarimorolida tinchlikka erishish eshiklarini ochadi”, deb aytilgan vazirlikda.
Shimoliy Koreyaning Paralimpiadadagi ishtiroki xarajatlarini qoplash masalasi bo‘yicha qaror keyinroq qabul qilinadi.
Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreyaning ushbu qarori Shimoliy Koreyaga qarshi kiritilgan xalqaro va bir tomonlama sanksiyalarga zid kelmaydi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026